Bungacha Italiyaning "Sampdoriya" va "Inter" kabi klublarida to‘p tepgan braziliyalik hujumchi Eder butsasini mixga osishga qaror qildi.
Yaqinda u o‘z vataniga qaytgandi, "Krisyuma" tarkibida o‘ynadi. 4-avgust, yakshanba kuni u so‘nggi o‘yinini “Atletiko Mineyro”ga qarshi o‘tkazadi.
2015-yilda Eder Italiya fuqaroligini oldi va hatto 2016-yilgi Yevropa chempionatida Italiya terma jamoasida o‘ynadi.
U jami 602 o‘yinda 187 ta gol urdi va 70 ta golli uzatmani amalga oshirdi.