Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Chelsi" "Gremio"ga 16 yoshli yarim himoyachi uchun 7+7 million yevro taklif qildi

"Chelsi" "Gremio"ga 16 yoshli yarim himoyachi uchun 7+7 million yevro taklif qildi

Baho:
+ | -

"Chelsi" "Gremio"ning hujumkor yarim himoyachisi Gabriel Mekni qo‘lga kiritish ustida ishlamoqda, deya xabar beradi braziliyalik jurnalist Bruno Andrade.

Manbaga ko‘ra, London klubi vakillari Braziliyada bo‘lib, 16 yoshli yarim himoyachining transferi bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.

"Chelsi" 7 million yevro + 7 million bonus taklif qilmoqda. "Gremio" 10 million yevro miqdorida belgilangan transfer narxini talab qilmoqda.

Mekni "Manchester Yunayted" va Dortmundning "Borussiya" klublari ham kuzatib bormoqda.

Mek hali "Gremio" asosiy jamoasida o‘ynamagan.

Kiritildi: 18:39, 02.08.2024.
O'qildi: 696 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.