"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola Amerika safari yakunlarini sarhisob qildi.
So‘nggi o‘rtoqlik uchrashuvida “shaharliklar” Londonning “Chelsi” jamoasini qabul qilib, 4:2 hisobida zafar quchdi.
"Bunday raqiblar bilan o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘lish ajoyib. Har bir uchrashuv avvalgilaridan yaxshiroq o‘tdi.
Fillips yaxshilandi, men Xolandning taraqqiyotini va Grilishning ajoyib o‘yinini ham qayd etaman.
Albatta, biz faqat g‘alaba qozonish niyatidamiz, ammo bu o‘yinlardagi natijalar hech narsaga ta’sir qilmaydi.
Mavsum bir haftadan so‘ng boshlanadi, asosiysi shu", - dedi Gvardiola.