Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus 2-0 Jenoa
06/04 23:45 Napoli 1-0 Milan
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv - Xorazm
07/04 18:00 Mash’al - Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon - Navbahor
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona

Keyxill: "Gallaxerni "Chelsi"da qolishini xohlayman"

Keyxill: "Gallaxerni "Chelsi"da qolishini xohlayman"

Baho:
+1 | -

"Chelsi"ning sobiq himoyachisi Gari Keyxill yarim himoyachi Konor Gallaxerning "Stemford Brij"da qolishini istamoqda.

Bu hafta Gallaxer yana bir yildan keyin tugaydigan shartnomasini uzaytirishni rad etdi, bu esa Konorning sotilishini muqarrar qildi.

"Chelsi" allaqachon "Atletiko Madrid"ning 24 yoshli ingliz futbolchisi bo‘yicha taklifini qabul qilib bo‘lgan, ammo Keyxill "ko‘klar" bunday qimmatli futbolchini yo‘qotishini istamaydi.

"Men klub nomidan gapira olmayman, lekin o‘z fikrimni bildirishim mumkin. Tashqaridan qaraydigan bo‘lsak, agar u qolsa xursand bo‘lardim.

U "Chelsi"ning asosiy tarkibiga kirganidan beri biz murabbiylar unga o‘ynashga ruxsat berishlarini va unga bog‘ich taqish mas’uliyatini berishlarini ko‘rdik. Ular har kuni uning nima berishi mumkinligini ko‘rishadi. Uning bu yoshida katta mas’uliyatli roli bor.

O‘ylaymanki, u o‘yinga katta hissa qo‘shmoqda - tempni o‘rnatishi, pressing qilish usuli, o‘zini tutishi. Men u haqida eshitgan hamma narsa menga juda yoqadi. Bundan tashqari, u yuqori saviyali futbolchi. Shunday ekan. Bu mening fikrim: "Men uni jamoada uzoqroq qolishini xohlagan bo‘lardim", - dedi Keyxill The Athletic bilan suhbatda.

Kiritildi: 16:45, 04.08.2024.
O'qildi: 629 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик