Timur Kapadze Olimpiada o‘yinlarida muvaffaqiyatsizlikka uchragan futbolchilarni muxlislar tomonidan qo‘llab-quvvatlashga chiqirdi.
— Avvalo Prezidentimizga, O‘FA rahbariyatiga, muxlislarga minnatdorchilik bildirib qolaman. Sizlar bilan barcha yutuqlarga erishdik, sizlar bizga motivasiya berdingiz, qiyin paytlarda qo‘llab-quvvatladingiz.
Murabbiylar shtabiga, ishchilarga, barcha-barchaga rahmat aytaman, ularning ham natijalarda xissasi bor.
Hech bir futbolchiga e’tirozim yo‘q. Aytganimdek, biz bundan ko‘prog‘ida qodir edik.
Vatan jamoasini sevishda, qo‘llab-quvvatlashda charchamanglar. Futbolchilarimizni yaxshi kunida ham, qiyin kunida ham yonida bo‘laylik. Ular ham bu mas’uliyatni his qilishib maydonda boshqacha harakat qilishadi.
Barchangizga rahmat, sog‘ bo‘linglar.