«Barselona» yarim himoyachisi Oriol Romeu faoliyatini «Jirona»da davom ettiradi, deya xabar berdi insayder Jerar Moreno.
Xabarlarga ko‘ra, 32 yoshli ispaniyalik futbolchi bugun "qizil-oqlar" uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va ertadan mashg‘ulotlarni boshlaydi.
Kelishuv 1 mavsumga ijara asosida tuziladi. «Barsa» o‘tgan yili Romeuni «Jirona»dan 3 million yevroga sotib olib, 2026 yilgacha shartnoma imzolagandi.