«Tottenxem» hujumchisi Risharlison faoliyatini Saudiya Arabistoni chempionatida davom ettirishga tayyor.
Braziliyalik futbolchiga «Al-Ahli» qiziqish bildirmoqda - bu ma’lumot bir necha hafta oldin paydo bo‘lgandi. "TalkSPORT" xabariga ko‘ra, 27 yoshli futbolchi Saudiya Arabistoni klubiga o‘tishga tayyor. «Shporlar» forvard bilan xayrlashishni istamayapti, ammo foydali takliflarni ko‘rib chiqishi mumkin.
Risharlisonning «Tottenxem» bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar amal qiladi.