«Real Madrid» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Orelyen Tchuamenini markaziy himoyachi sifatida ishlatish niyatida emasligini aytdi.
O‘tgan mavsumda fransuz "Los-Blankos"dagi jarohatlar inqirozi tufayli tez-tez markaziy himoyada o‘ynagan. Anchelotti aytganidek, endi bunday qilish shart emas.
«Tchuameni himoya markazidami? Yo‘q, u yarim himoyada o‘ynaydi», — deya Anchelottining «Real» 2:1 hisobida g‘alaba qozongan «Chelsi» bilan Londondagi o‘rtoqlik uchrashuvidan keyin bergan intervyusidan iqtibos keltirmoqda "Marca".