Madridning “Atletiko” klubi “Feyenoord” himoyachisi David Xansko bilan shartnoma imzolashni yakunlash ustida ishlamoqda, deb yozdi jurnalist Eduardo Burgos.
Madrid klubi yakuniy taklif bilan chiqdi, ammo u rad etilsa, madridliklar B rejasiga o‘tadi.
26 yoshli slovakiyalikning amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 35 million yevroga baholamoqda.