Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus 2-0 Jenoa
06/04 23:45 Napoli 1-0 Milan
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv - Xorazm
07/04 18:00 Mash’al - Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon - Navbahor
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona

Sobiq agent: "O‘z vaqtida "Barselona" Mbappeni emas, Dembeleni tanlagandi"

Sobiq agent: "O‘z vaqtida "Barselona" Mbappeni emas, Dembeleni tanlagandi"

Baho:
+ | -

Xosep Mariya Mingelya "Barselona" Kilian Mbappedan voz kechib, xato qilganini aytdi.

- Yetti yil oldin siz Kilian Mbappeni "Barselona"ga taklif qilgan edingiz. Uning "Real Madrid"ga o‘tishi sizni xavotirga solmoqdami?

- "Barselona" Mbappeni 140 millionga sotib olishi mumkin edi, ammo ular Dembeleni afzal ko‘rdilar. Bunday xatolarga yo‘l qo‘yganingizda, ular uchun keyinroq tovon to‘laysiz. O‘shanda murabbiylar shtabi Dembeleni "Barselona" tizimiga ko‘proq mos deb hisoblagan.

"Barselona" o‘tmishda shunday jiddiy xatolarga yo‘l qo‘ygan. Nyu-Yorkda men Ugo Sanches bilan kelishib olgandim, ammo "Barselona" Stiv Archibaldni afzal ko‘rgan. Keyingi yili Sanches "Real Madrid"ga o‘tdi va ular ketma-ket besh marta chempionlikni qo‘lga kiritishdi.

Men qo‘rqmayman, lekin hozirda "Real Madrid" potensial jihatdan "Barselona"dan ustun. Nafaqat Mbappe, balki stadion, biznes boshqaruvi, ulkan vakolatga ega bo‘lgan prezident, byudjet tufayli ham... Madridga yetib olish oson bo‘lmaydi", - deydi sobiq agent.

Kiritildi: 16:32, 08.08.2024.
O'qildi: 2530 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик