"Chelsi" hujumchisi Armando Broyaga Angliya Premyer-ligasining boshqa klublari qiziqish bildirmoqda.
Albaniyalik futbolchi tez orada London klubini tark etishi kutilmoqda - bosh murabbiy Enso Mareska unga tarkibda joy ko‘rmayapti.
Transfer News Central'ning xabar berishicha, “Everton” va “Vulverxempton” 22 yoshli futbolchini sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.