Ispaniyalik yarim himoyachi Dani Olmo «Barselona»ga o‘tish haqida gapirdi.
«Men «Barselona»ga g‘alaba qozonish va chempionlik uchun kurashish uchun kelganman. Biz «Barselona»miz va har qanday sovrin uchun kurashishimiz kerak. Men juda xursandman, orzum ushaldi. Uyga qaytganimdan xursandman», - deya futbolchining so‘zlarini keltiradi "Mundo Deportivo".
26 yoshli yarim himoyachi Germaniyaning «RB Leypsig» klubidan «Barselona»ga o‘tgan edi. Olmo «blaugrana» bilan 2030 yil o‘rtalariga qadar uzoq muddatli mehnat shartnomasini imzoladi.