Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/09 00:00 Betis 1-0 Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich 0-2 Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl 2-2 Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona 5-2 Mash’al
05/09 18:00 Fiorentina 1-2 Torino
05/09 19:00 Brentford 1-1 Sanderlend
05/09 19:00 Brayton 1-1 Lids
05/09 19:00 Fulhem 2-3 Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti 1-0 Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest 0-0 Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao 3-0 Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum 3-2 Buxoro
05/09 21:00 Inter 3-2 Napoli
05/09 21:30 Rayo Valyekano 3-2 Rasing
05/09 21:30 Xall Siti 0-0 Aston Villa
05/09 23:45 Roma - Atalanta
06/09 00:00 Vilyarreal - Deportivo
06/09 18:00 Everton - Man. Yunayted
06/09 18:00 Frozinone - Venetsiya
06/09 18:00 Parma - Monsa
06/09 19:15 Valensiya - Barselona
06/09 20:30 Arsenal - Chelsi
06/09 21:00 Bolonya - Sassuolo
06/09 21:30 Osasuna - Alaves
06/09 21:30 Malaga - Levante
06/09 23:45 Yuventus - Milan
07/09 00:00 Espanyol - Sevilya
07/09 21:30 Kalyari - Lechche
07/09 22:00 Xetafe - Selta
07/09 23:45 Udineze - Lasio

“Parij-2024”: Xitoy va AQSH poygasi, O‘zbekistonning shov-shuvli ko‘rsatkichi

“Parij-2024”: Xitoy va AQSH poygasi, O‘zbekistonning shov-shuvli ko‘rsatkichi

Baho:
+ | -

Yozgi Olimpiya o‘yinlarida medallar uchun kurashayotgan mamlakatlar orasida AQSH va Xitoy sportchilarining kurashi so‘nggi kungacha davom etishi tobora oydinlashib bormoqda.

Bugungacha o‘tgan musobaqalar sarhisobiga ko‘ra, davlatlar jadvalini AQSH sportchilari 33 ta oltin, 39 ta kumush, 39 ta bronza, jami 111 ta medal bilan boshqarib kelayotgan bo‘lsa, Xitoy olimpiyachilari 33 ta oltin, 27 ta kumush, 23 ta bronza, jami 83 ta medal bilan okean orti vakillarini ta’qib etmoqda.

Ko‘rinib turibdiki, oltin medallar jamg‘arishda har ikki mamlakat teng kuchga ega, faqat umumiy medallar sonida amerikaliklar 28 ta medal farqi bilan oldinda bormoqda.

Har qanday musobaqada son emas, sifat, ya’ni oltin medallar yetakchi davlatni aniqlashda asosiy omil.

So‘nggi ikki kunlik Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin olgan stol tennisi, taekvondo, og‘ir atletika kabi sport turlarida chin yurti vakillari oltin medallarga da’vogarlik qilayotgani, AQSH vakillari ayollar futboli, basketbol kabi sport turlarida, shuningdek erkin kurash, taekvondoning ayrim vaznlarida kuchlilar qatoridan joy olishga harakat qilishi inobatga olinsa, o‘yinlarning so‘nggi kuniga qadar qaysi biri “Parij-2024”ni yetakchi davlat sifatida yakunlashini bashorat qilish qiyin.

Bevosita O‘zbekiston sportchilarining bu galgi Olimpiya o‘yinlarida shov-shuvli tarzda kuchli o‘nlik ro‘yxatiga yaqinlashayotgani har jihatdan e’tirofga loyiq, deyish mumkin.

Mamlakatimiz sportchilari hozirda 5 ta oltin, 3ta bronza medali bilan 14-o‘rinda bormoqda.

Ushbu natija bugun o‘tadigan taekvondo, boks, erkin kurash, og‘ir atletika kabi sport turlaridagi ko‘rsatkichlar natijasida yanada yaxshilanishi, mamlakatimiz sportchilari 11-13-o‘rinda borayotgan Kanada, Yangi Zelandiya, Vengriya, hatto 10-o‘rinda borayotgan Italiya jamoasini ham ortda qoldirish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: 12:11, 10.08.2024.
O'qildi: 18240 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик