"Manchester Yunayted" markaziy himoyachisi Jonni Evans bosh murabbiy Erik ten Xagning sovrinlarni yutish qobiliyatini yuqori baholadi.
Eslatib o‘tamiz, niderlandiyalik mutaxassis ikki mavsumda "mankunianliklar" bilan ikkita sovrin - 2023 yilda Liga kubogi va 2024 yilda Angliya Kubogini qo‘lga kiritgandi.
"Ten Xag allaqachon sovrinlarni yutib olishga qodirligini isbotlagan. U kubok bahslarida ajoyib statistikaga ega. Erik ko‘pincha g‘olib bo‘lish haqida gapiradi. Bu klubga kerak", - dedi Evans "Manchester Yunayted" rasmiy saytiga.
Ten Xag qo‘l ostida "mankunianliklar" 2023 yilda ham Angliya kubogi finalida o‘ynagan, ammo o‘sha uchrashuvda "Manchester Siti" kuchliroq bo‘lib chiqqandi.