Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Ro‘ziqul Berdiyev: «Asosiysi – 3 ochko»

Ro‘ziqul Berdiyev: «Asosiysi – 3 ochko»

Baho:
+ | -

Superligada 15-tur bahslari davom ettirildi. Turning markaziy uchrashuvi esa Qarshida kechdi. Unda «Nasaf» «Paxtakor»dan minimal hisobda ustun keldi. Bellashuvdan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— Muxlislarni xursand qilishni juda ham xohlagan edik. Ularni tabriklaymiz. Yigitlar mehnat qilishdi. «Paxtakor» 5-4-1 sxemasida o‘ynashini kutmagan edik. Birinchi bo‘limda vaziyat deyarli bo‘lmadi. Ikkinchi taymda gol kiritgach, natija uchun o‘ynadik va hisobni saqlab qoldik.

— «Nasaf»ning yorqin o‘yiniga o‘rganib qolgan ekanmiz. Bugun kutilganidek ko‘rinmadi jamoa?!

— Ko‘p narsalar bahsga ta’sir qildi. O‘yin amaliyoti yo‘qligi sezildi. Bizga qarshi maydonga tushgan raqiblarning hammasi asosan himoyada turgani bois, bo‘sh zonalar deyarli bo‘lmaydi. Raqibning tanlagan taktikasi o‘z o‘yinimizni ko‘rsatgani bermadi. Asosiysi natija edi. Hammani g‘alaba bilan tabriklayman.

— Bugungi uchrashuvni 6 ochko uchun deb ayta olasizmi?

— Albatta. «Paxtakor»ni hisobdan chiqarib bo‘lmaydi. Ular yaxshi ijrochilarni safiga qoshib oldi. Bu 6 ochkolik bahsga yaqin edi.

— Yangi kelganlarning harakatlari haqida nima deya olasiz?

— Biz bemalol Stefanga imkon berdik. U jismonan bahsga tayyor edi. Valentin hali formasini tiklay olganicha yo‘q. U ikki oyda ikkita bellashuv o‘tkazgan xolos. Oldinda o‘yinlarimiz juda ko‘p. Hali OCHL-2 bahslarida ishtirok etamiz.

— Marko Stanoyevichni murabbiylar shtabida ko‘rish variantini ko‘rib chiqdingizmi?

— U bilan hazillashib turamiz, tugatganindan so‘ng klubda olib qolamiz, seleksioner bo‘lib ishlaysan deb. U doim kuladi bu so‘larni eshitganda. Afsuski, 35 yoshda jarohatdan forig‘ bo‘lib maydonga qaytishi katta voqea. Uning futbol tushunchasi yaxshi. Yigitlar bilan muomilasi, 2-3 ta tilni yaxshi bilishi ham foyda beradi. Buni albatta o‘ylab ko‘ramiz.

— Ikkinchi davraga tayyorgarlik paytida asosiy urg‘u nimaga berildi?

— Ko‘proq tiklanishga. Vaqt kam bo‘lsa, yuklamalarni ko‘paytirib bo‘lmaydi. Mana bunday payta og‘irlik his qilishimiz mumkin. Ikkita tarkibimiz borligi sababli rotasiyaga murojaat etyapmiz. Bugungi raqib bilan oson bo‘lmasligi aniq edi. Uni ko‘rmay o‘tib keta olmaymiz. Bu yerda iqtidorli futbolchilar ko‘p.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 02:39, 11.08.2024.
O'qildi: 3010 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.