Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/01 00:45 Roma 1-1 Milan
26/01 01:00 Alaves 2-1 Betis
27/01 00:45 Verona 1-3 Udineze
27/01 01:00 Jirona 1-1 Xetafe
27/01 01:00 Everton 1-1 Lids

«Arsenal» «Lion» ustidan ishonchli hisobda zafar quchdi

«Arsenal» «Lion» ustidan ishonchli hisobda zafar quchdi

Baho:
+ | -

Londondagi «Emireyts» stadionida «Arsenal» Fransiyaning «Lion» klubi ustidan g‘alaba qozongan (2:0) Emireyts kubogi o‘rtoqlik turniri doirasidagi o‘yin yakuniga yetdi. Bu musobaqada bu yilgi yagona uchrashuv bo‘lib, natijada «kanonirlar» musobaqa g‘olibiga aylanishdi.

Bu o‘yindagi ikkala gol ham birinchi bo‘limda kiritildi. To‘qqizinchi daqiqada Uilyam Saliba turnir mezbonlarini hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 27-daqiqada Gabriel Magalyans uchrashuvning yakuniy hisobini o‘rnatdi.

Eslatib o‘tamiz, turnirdagi g‘alabalar soni bo‘yicha «Arsenal» rekordchi hisoblanadi: klub bungacha 2007, 2009, 2010 va 2015 yillarda g‘alaba qozongan. 2008 yilda Germaniyaning «Gamburg» klubi, 2013 yilda Turkiyaning «Galatasaroy» klubi, 2014 yilda esa Ispaniyaning «Valensiya» klubi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Kiritildi: 20:06, 11.08.2024.
O'qildi: 921 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.