Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 3-0 Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor 3-1 Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro 3-2 Andijon
09/10 19:30 Nasaf 2-1 Dinamo
10/10 00:00 Malaga 1-1 Espanyol
10/10 16:30 Arsenal - Lids
10/10 17:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
10/10 18:00 Qizilqum - Surxon
10/10 19:00 Aston Villa - Brentford
10/10 19:00 Chelsi - Bornmut
10/10 19:00 Ipsvich - Fulhem
10/10 19:00 Sanderlend - Brayton
10/10 19:15 Alaves - Atletiko
10/10 21:30 Man. Yunayted - Tottenhem
10/10 21:30 Barselona - Xetafe
11/10 00:00 Real Madrid - Vilyarreal
11/10 16:00 OKMK - Navbahor
11/10 16:00 So‘g‘diyona - Lokomotiv
11/10 17:00 Elche - Selta
11/10 18:00 Kristal Pelas - Nottingem Forest
11/10 18:00 Xall Siti - Everton
11/10 19:15 Real Sosyedad - Deportivo
11/10 20:30 Liverpul - Manchester Siti
11/10 21:30 Betis - Osasuna
12/10 00:00 Rasing - Valensiya

Yangilanayotgan «Kamp Nou» tomon og‘ish...

Yangilanayotgan «Kamp Nou» tomon og‘ish...

Baho:
+ | -

Hozirda rekonstruksiya ishlari olib borilayotgan «Kamp Nou» stadionidagi VIP-o‘rindiqlarning 95 foizi allaqachon uzoq muddatga «bron» qilib bo‘lindi.

Oddiy aytganda, «Barselona» rahbariyati tribunadagi alohida kreslolar huquqini deyarli to‘liq sotishga ulgurdi.

«Barselona» tomonining o‘zi «Kamp Nou» arenasidagi VIP-o‘rindiqlardan 95 foizi allaqachon o‘z egalarini topganini rasman tasdiqladi. Klubning alohida bayonotiga qaraganda, elit toifaga mansub o‘rindiqlarning aksariyati 8-10 yil muddatga «bron» qilingan. Vaholanki, stadionda keng qamrovli qurilish ishlari hali davom etmoqda. Umuman, «Barselona» rahbariyati yangilangan «Kamp Nou» yiliga 120 million yevro miqdorida foyda tushirishiga ishonmoqda. 

Rekonstruksiya jarayoni aks  ettirilgan fotosuratlarga qarasak, stadionning tayyor bo‘lishiga hali ancha bor. Lekin «Barsa» chala «Kamp Nou»dan dividend ola boshladi allaqachon. Jamoaning hamon og‘ir moliyaviy holatdan chiqolmayotganini nazarda tutsak, bu ayni muddao, albatta. Biroq tanganing ikkinchi tomoni ham yo‘q emas: kelajak daromadini bugun iste’mol qilish keyingi mavsumlarda aks ta’sirini ko‘rsatishi ham hech gap emas.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:35, 12.08.2024.
O'qildi: 2574 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик