Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
18/03 19:15 Xorazm 1-2 Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum 0-1 OKMK
18/03 22:45 Barselona 7-2 Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli

Olimpiada ishtirokchisi Isroilga qarshi postlari uchun natijalaridan mahrum bo‘ldi

Olimpiada ishtirokchisi Isroilga qarshi postlari uchun natijalaridan mahrum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Fransiya yengil atletika federasiyasi Parij Olimpiadasida ishtirok etgan yuguruvchi Muhammad Abdulloh Kuntni ijtimoiy tarmoqlarda Isroil haqida haqoratomuz postlar chop etgani uchun diskvalifikasiya qildi.

Fransiyaning sport, olimpiya va paralimpiya ishlari vaziri Ameli Oudea-Kastera Kuntning izohlarini “qabul qilib bo‘lmas darajada hayratlanarli” deb atadi. Fransiya yengil atletika federasiyasi rahbari Andre Jiro prokuraturaga murojaat qildi.

400 metrga yugurish bo‘yicha ixtisoslashgan 29 yoshli Kunt 2021-yildan 2024-yilning avgustiga qadar X ijtimoiy tarmog‘ida (sobiq Twitter) turli postlarini e’lon qildi, unda u Isroilga nisbatan nafrat uyg‘otdi va isroilliklarni “chaqaloq qotillari”ga qiyosladi.

Parij Olimpiadasida Kunt 4x400 m estafeta va 4x400 m aralash estafetada yugurib, medalga ega bo‘lmagan edi. Endi uning natijalari bekor qilinadi. 

Kiritildi: 18:52, 14.08.2024.
O'qildi: 969 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.