Krishtianu Ronaldu "An-Nasr"ning Superkubok yarim finalidagi g‘alabasi haqida gapirdi.
Ar-Riyod jamoasi “At-Taavun”ni mag‘lub etdi (2:0). 39 yoshli forvard gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi.
"Superkubok finali, biz keldik!" – deb yozdi portugal o‘yindan keyin.
Finalda “An-Nasr” 17 avgust kuni “Al-Hilol”ga qarshi bahs olib boradi.