Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
18/03 19:15 Xorazm 1-2 Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum 0-1 OKMK
18/03 22:45 Barselona 7-2 Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli

Parij Olimpiadasidan qaytgan qozog‘istonlik sportchilarda COVID-19 aniqlandi

Parij Olimpiadasidan qaytgan qozog‘istonlik sportchilarda COVID-19 aniqlandi

Baho:
+ | -

Parij Olimpiadasida ishtirok etgan qozog‘istonlik sportchilarda COVID-19 aniqlandi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Berik Uali ma’lum qildi.

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 2024 yilgi Olimpiadada sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan sportchi va murabbiylarni davlat mukofotlari bilan taqdirlagan. Siyosatchi ular bilan uchrashishni rejalashtirilgan. Biroq ularning ayrimlari koronavirusga chalingani ma’lum bo‘lgan.

“Afsuski, ayrim sportchilar va treneralarda kovid aniqlandi, shu sababli uchrashuvni keyinga qoldirishga to‘g‘ri keldi. Sportchilarimizga tezroq sog‘ayib ketishni tilaymiz”, deydi To‘qayevning matbuot kotibi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, sportchilarning prezident bilan uchrashuvi avgust oyi oxirida Oqo‘rdada o‘tkazilishi rejalashtirilgan va albatta bo‘lib o‘tadi.

“Jamoamizning 3 nafar sovrindori va 2 nafar murabbiysida COVID-19 aniqlandi. Ularning PZR-testi musbat natija berdi. Uchala sportchi ham Parij Olimpiadasi sovrindorlari. Ayni paytda ular izolyasiya qilingan. Davolanishmoqda, kasallik yengil kechmoqda”, deydi turizm va sport vazirining jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar bo‘yicha maslahatchisi Dias Axmesharip.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 16:52, 15.08.2024.
O'qildi: 1016 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.