Superligada 16-tur o‘yinlari davom ettirildi. "Nasaf" jamoasi bu tur "Qizilqum"ga qarshi bahs olib bordi va kichik hisobda g‘alaba qozondi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Barchani g‘alaba bilan tabriklayman. Kamchilik bo‘lib qolganimiz sababli og‘ir uchrashuv bo‘ldi. Yigitlar jismoniy xolatimiz qanchalik yaxshi ekanligini ko‘rsatishdi. G‘alabaga ishtiyoq ko‘rinib turdi. O‘zgarishlarimiz foyda berdi. Futbolchilarga 10 kishi bo‘lib ham o‘yinni yutish mumkinligini tushuntirdik. Kamchilik bo‘lsak-da, raqibga nisbatan hujumga ko‘proq e’tibor qaratdik. G‘alaba ikki hissa yoqimli bo‘ldi.
Dilshod Komilov bugun zaxiradan maydonga tushib jamoaga yordam berdi?!
Biz unga ishonib, jamoaga taklif etgan edik. Zaxiradan qo‘shilib o‘zini yaxshi ko‘rsatdi. "Lokomotiv" jamoasida ham 3 ta himoyachi pozisiyada o‘ynagani bois, texnik xatolarga yo‘l qo‘ymadi. Uni chap oyoqda hujumlarni boshlab berishini bilar edik. Bugun ham g‘alabaga munosib hissa qo‘shdi.
Birinchi davradan ikkinchi davraga o‘tar chog‘ida o‘rinbosarlardan futbolchilarni taklif etdingiz. Qay birining harakatlari ma’qul keldi. Ularni qaysi birini tez orada hech bo‘lmasa zaxirada ko‘rishimiz mumkin?!
Aniq nomlarni sizga ayta olmayman. Ular orasida 10 ga yaqin futbolchini ko‘zdan kechirdik. Ularga ishonchim ortdi. Kelajagimiz borligiga ishonchim bor. Ularga nisabatan xulosam va qarashlarim bor. Bizda katta futbolchilar borligi bois, e’tiborim boshqa tomonda. Ish jarayonida zaxira potensialimiz borligini ko‘rdim. Vaqti keladi, ularga imkoniyat beriladi.
OCHL2 musobaqasiga qur’a tashlandi. U haqida fikringiz va rahbariyat qanday vazifa qo‘yildi?
Bizning kvartetimizga boshqalarga nisabatan kuchliroq jamoalar tushdi. Iordaniya chempioni, "Shabab Al Ahli" esa yaxshi jamoa ekanligmizni bildik. Quvayt jamoasi haqida bizda ma’lumot yo‘q. Birinchi vazifamiz guruhdan chiqish bo‘ladi. Rahbariyat bilan gaplashib olamiz. Bunga ishonamiz va pley-offda ishtirok etish uchun tajribamiz bor. Bunga qanday yondashish kerakligini yaxshi bilamiz.
Yangi taklif etilgan legioner futbolchilar haqida fikringiz qanday?
Birinchi navbatda ichki raqobatni yuzaga keltirishimiz kerak. Superfutbolchilarni oldik deya olmayman, ammo ular raqobat qila oladi. Cholovichga imkoniyat bergan edik, ammo u hakamning qarori bilan olgan qizili vaziyatimizni og‘irlashtirib qo‘ydi. Valentindan foydalanmasligimizning sababi qanot yarim himoyachisiga xojat yo‘q edi. Ularga ishonganimiz uchun taklif etganmiz. O‘ylaymanki, bizga ularni foydasi tegadi.
Sherzod Nasrullayev doim hujumga qo‘shilib yordamga bergan, bugun uni vingerga aylantirdingiz?!
Bugun bu qarorimiz foyda berdi deb o‘ylayman. Dilshodni o‘yinga qo‘yib, uni oldinga chiqardik. Sherzod hujumga qo‘shilishni yaxshi ko‘radi. Nasrullayev bizning talabimizni doim a’lo darajada bajaradi.
"Qizilqum"ning start tarkibi siz uchun yangilik bo‘ldimi?
Menimcha, "Nasaf"ga qarshi ko‘proq va tezroq yuguradigan futbolchilarga e’tibor qaratildi. Zaxiradan tushganlar tajribali, mahoratli futbolchilar, ammo bugun "Qizilqum"ga chaqqonroq ijrochilar kerak edi. Ular bilar edi, biz bor e’tiborimizni hujumga qaratishimizni bilgani bois, oldingi chiziqda tezkor 3 ta hujumchidan foydalanishdi.
"Nasaf"ni oldinda "Olimpik" va "Andijon"ga qarshi o‘yinlar kutib turibdi. Tanaffusgacha ikki uchrashuvda 6 ochko olsa, "Nasaf" chempionlikni 80 foizga hal qildi desak bo‘ladimi?
Bunga aniq javob bera olmayman. Raqiblarimizning qanday o‘ynashini bilmayman. Bu yilgi chempionatda har bir bahsda kurash bo‘lmoqda. Bugun OKMK ham Samarqandda mag‘lubiyatga uchradi. O‘ylashimcha, kurash oxirigacha davom etadi. Biz o‘z imkoniyatlarimizdan foydalanishga harakat qilamiz.