Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

"Qizilqum" yordamchi murabbiyi: "Rejamiz amalga oshmadi"

"Qizilqum" yordamchi murabbiyi: "Rejamiz amalga oshmadi"

Baho:
+ | -

Superligada 16-tur uchrashuvlari davom ettirildi. "Qizilqum" jamoasi bu tur Qarshining "Nasaf" klubi bilan kuch sinashdi va 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bellashuvdan so‘ng jamoa yordamchi murabbiyi Farhod Nurullayev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Bugungi uchrashuvga tanlagan rejamiz amalga oshmadi. Himoyada o‘ynab, qarshi hujumga o‘tishimiz kerak edi. Qizil kartochkadan foydalana olmadik. Golda futbolchilarning aybi yo‘q. Bu 10 yo 20 tadan bitta vaziyatda gol bo‘ladigan xolat edi.

"Qizilqum" o‘yinni sokinlashtirishga harakat qildi. Ikkinchi taymda "Nasaf"dan bunday bosim kutilganmidi? Qanday ko‘rsatma berdingiz?

"Nasaf" necha kishi bo‘lib maydonda harakat qilsa ham, o‘z uslubiga ega shakllangan jamoa. Asosan qarshi hujumga e’tiborni qaratdik. Ajdarlar chekinmaydi. Qanot va yuqori paslar bilan o‘ynaydi. Shunga tayyorlik qilgan edik. Jamoaning qanot futbolchilari oldinga intiladi. Ular mahoratli futbolchilar. Terma jamoaning bir qator a’zolari bor.

"Qizilqum"dagi gruziyalik legionerlarni nega zaxirada ushlab turibsizlar?

Lobjanidzeda yengil jarohat bor edi. Kuxianidze esa yosh emas. Asosiy jamoada 15 ta bahs o‘tkazgan futbolchini birinchi bo‘limda qo‘ymaslik orqali, uni ikkinchi bo‘limga olib qo‘ydik. "Nasaf"ning charchagan paytida uni kuchga to‘lib bahsga qo‘shilishini kutgandik.

Jamoaning asosiy tarkibidagi 3 ta futbolchi nega rotasiya qilindi? O‘rinbosarlarning o‘yinini kuzatib boryapsizmi? Kimlarni asosiy tarkibga chaqirmoqchisiz?

Diyor Rahmatilloyev bor, ammo u bugun o‘yinga tushmadi. Farruh degan yosh futbolchimiz bor. Bugun jamoaga yordam berishga harakat qildi. O‘ng qanot himoyada o‘ynadi. 3-4 futbolchimizni "Olimpik Mobiuz" jamoasiga olib ketishdi. Ular ijara asosida u yerda to‘p surmoqda. Shuningdek, ikkita darvozabonimiz bor. Ularni ham "Olimpik Mobiuz"ga berishga majburmiz. Ular terma jamoaga borib qo‘shilishadi. Qambarov jarohatdan so‘ng endi tarkibga qo‘shilmoqda. Hali optimap formada emas. O‘yindan - o‘yinga qo‘shib kelmoqda.

Futbol mutaxassislari uchun "Qizilqum" nishon bo‘lib turibdi. Jamoa kubokka hurmatsizlik qildi. Yakunda, 2 ta o‘yinda yengildi. Qanday izohlaysiz buni?

Kubokda yoshlarga imkoniyat berib, ko‘rib olishimiz kerak edi. O‘rtoqlik uchrashuvi bilan rasmiy o‘yinning farqi bor. Murabbiylar shtabi bilan kelishgan holda, yoshlarni elakdan o‘tkazib olishimiz kerak edi. Buni hurmatsizlik demagan bo‘lar edim. Asosiy jamoadan 2-3 futbolchi o‘ynadi. Har bir jamoaning rejasi bor. Biroz yigitlarga dam bermoqchi bo‘ldik. Yana kimlarnidir yaxshi sport formasiga tushirib olmoqchi edik.

Kiritildi: 07:25, 17.08.2024.
O'qildi: 550 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.