Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Aleksandr Xomyakov: «Xatolarimizni to‘g‘rilaymiz»

Aleksandr Xomyakov: «Xatolarimizni to‘g‘rilaymiz»

Baho:
+ | -

«Andijon» – «Surxon» (2:3) o‘rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Aleksandr Xomyakov ishtirok etdi.

— Afsuski, bu safar ham mag‘lubiyatga uchradik. O‘yin tashkil qilish bo‘yicha inqirozga tushib qoldik. Raqibni g‘alaba bilan tabriklashdan boshqa ilojimiz yo‘q. Qiyin o‘yin bo‘ldi. Ikkinchi tomondan yigitlarga bir qator e’tirozlarim bor. Ammo ular o‘yinni tashlab yuborishmadi, oxirigacha kurashishdi. 0:2 dan keyin hisobni tenglashtirishga erishdik. Shundan so‘ng g‘alaba qozonish uchun oldinga intildik. Afsuski, uchinchi golni o‘tkazib yubordik. Futbolchilarga rahmat aytaman, ular oxirigacha kurashishdi. Bunday vaziyatdan chiqib ketishga va muammolarimizni hal qilishga harakat qilamiz.

— «Andijon» yutqazganiga qaramasdan yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Chempionat o‘yinlari davomida jamoa xavfli ekanligini ko‘rganmiz. Lekin nimagadir oxirgi paytlarda jamoa o‘yini ko‘ngildagidek qovushmayapti. «Surxon» nimaning evaziga g‘alaba qozondi?

— Siz haqsiz. Bir qator vaziyatlarda yaxshi harakat qildik. Ammo raqib ham dramatik tarzda kurashdi va natijada g‘alabaga erishdi. Ayrim holatlarda pressinglarda yaxshi ishlay olmadik. Ob-havo ham futbol o‘ynash uchun juda qulay bo‘ldi. Biroq biz o‘ylagandek bo‘lmadi. «Surxon» ham yaxshi tayyorgarlik ko‘rishini bilgandik va shunga yarasha biz ham tayyorlangandik. Himoyada yaxshiroq o‘ynashimiz kerak edi. Ammo gollar o‘tkazib yubordik. Xatolarni to‘g‘rilashga harakat qilamiz. Yuqorida aytganimdek, jamoamiz o‘yinida inqiroz kuzatilyapti. Bu vaziyatdan chiqib ketishga harakat qilamiz.

— «Surxon»ga qarshi Kubok yarim finalida ham o‘ynaysizlar. Bo‘lajak uchrashuvning ahamiyati juda ham yuqori. Yarim final bahsida umuman xato qilish mumkin emas. Bo‘lajak uchrashuvda katta o‘zgarishlar qilishimiz kerak, deb o‘ylaysizmi yoki bunga hojat yo‘qmi?

— Bilasizmi, bugungi uchrashuvdan keyin oldindagi yarim final to‘g‘risida nimadir deyish qiyinroq. Oldimizda chempionat doirasidagi o‘yinimiz bor. Endi har bir uchrashuv biz uchun strategik ahamiyatga ega. Bizda ishonch yo‘qolgandek tuyulyapti. Birinchi taymda ancha asabiy o‘ynadik. Albatta, Kubok uchrashuvini biz uchun juda ham ahamiyatli deb hisoblayman. Shu bilan birga chempionatdagi har bir o‘yinning darajasini ham yuqori deb o‘ylayman, shaxsan men uchun. Xatolarimizni to‘g‘rilaymiz va oldinga intilamiz. To‘g‘risi, hozirgi vaziyatda gapirish men uchun ancha qiyin.

— Jamoangiz birinchi davrada ancha yaxshi o‘yin ko‘rsatgandi. Lekin ikkinchi davrani ketma-ket uchta mag‘lubiyat bilan boshladinglar. Jamoaga nima bo‘lyapti?

— Buni bir qator sabablari bor. Yuqorida aytib o‘tganimdek, o‘yin bo‘yicha inqirozdamiz, buni tan olaman. Bundan chiqib ketish uchun yetarlicha harakat qilyapmiz. Lekin o‘yinchilar natija uchun kurashishyapti, ular maydonda «yonib» o‘ynashyapti. Axir ikkita to‘p farqini yo‘qqa chiqarishgandi ham. Umumiy ma’noda aytganda, ayrim holatlarda xatolarimiz bor. Ruhiy va jismoniy holat bo‘yicha ko‘proq ishlashimiz kerak.

— «Andijon» uchta uchrashuvda 8 ta gol o‘tkazib yubordi. Bunda ko‘proq himoyachilar aybdormi yoki darvozabonmi?

— Bunda kimnidir alohida ajratmayman. O‘tkazib yuborilayotgan gollar butun jamoaniki. O‘yin tashkil qilish bo‘yicha hamda mudofaa chizig‘ida bir qator kamchiliklarimiz bor. Himoyamizda xatolar borligi haqiqatga yaqinroq. Shu bois ham gollar o‘tkazib yuboryapmiz. Keyingi uchrashuvlarda himoyani yanada yaxshilaymiz, deb umid qilaman. Bu borada gapirishga ham qiynalyapman.

— Jamoa o‘yinida inqiroz borligini aytyapsiz. Bu borada Yevropa klublarida psixologlar jalb qilinadi. «Andijon»ga ham psixolog taklif qilinsa bo‘lmaydimi yoki o‘z tajribangizdan foydalanasizmi?

— Murabbiy har bir futbolchining qalbiga kirib borishi kerak. Boshqa tomondan esa shtat joriy qilinib psixolog taklif qilinsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunday shtat tashkil qilinsa yomon bo‘lmaydi.

Manba: andijanfc.uz
Kiritildi: 01:00, 19.08.2024.
O'qildi: 752 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.