"Manchester Siti"ning o‘ng qanot himoyachisi Joau Kanselo "Barselona"dagi sobiq jamoadoshlarida yaxshi taassurot qoldirmagan.
Portugaliyalik futbolchi o‘tgan mavsumda "blaugrana"da ijara asosida o‘ynagan. Diario SPORT xabariga ko‘ra, jamoada ko‘pchilik futbolchining xatti-harakatidan norozi bo‘lgan.
Manbaga ko‘ra, Kanselu asosiy tarkibga kiritilmaganida ko‘pchilikni mensimagan va yosh jamoadoshlari bilan yaxshi munosabatda bo‘lmagan.
Joau Kanselu mavsum oxirida "Manchester Siti"ga qaytdi. Himoyachining kelajagi noaniqligicha qolmoqda.