Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
18/03 19:15 Xorazm 1-2 Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum 0-1 OKMK
18/03 22:45 Barselona 7-2 Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli

Paralimpiada vaqtida ham xavfsizlik choralari kuchaytiriladi

Paralimpiada vaqtida ham xavfsizlik choralari kuchaytiriladi

Baho:
+ | -

Fransiya ichki ishlar vaziri Jerald Darmaninning aytishicha, 2024 yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan yozgi Paralimpiya o‘yinlarida 25 mingga yaqin huquq-tartibot xodimlari xavfsizlikni ta’minlaydi.

Fransiya ichki ishlar vaziri Jerald Darmaninning ma’lum qilishicha, Paralimpiya o‘yinlari xavfsizligini ta’minlash uchun Parij va uning atrofida har kuni 25 mingga yaqin polisiyachi navbatchilik qiladi, xuddi Olimpiya o‘yinlari paytida ko‘rilgan choralar kabi.

Bundan tashqari, Paralimpiada davomida sportchilar va tomoshabinlar xavfsizligini 300 ta maxsus kuch vakillari va 10 000 ga yaqin xususiy xavfsizlik kompaniyalari xodimlari ta’minlaydi.

Shuningdek, 25-avgust, yakshanba kuni Fransiyaga yetib keladigan Olimpiya mash’alasi estafetasini qo‘riqlash uchun Londonning shimoli-g‘arbidagi Paralimpiya o‘yinlarining vatani hisoblangan Stok Mandevil qishlog‘idan polisiya ham safarbar etiladi. Ichki ishlar vazirligi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, rasmiylar Paralimpiya o‘yinlari uchun hali terror tahdidini aniqlamagan.

Parijdagi yozgi Olimpiada o‘yinlarida 35 mingta huquq-tartibot idoralari xodimlari va xususiy firmalarning 3 mingga yaqin xavfsizlik agentlari tartibni saqlashdi.

Kiritildi: 20:19, 20.08.2024.
O'qildi: 635 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.