Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/02 18:45 Nasaf 1-1 Ash-Shorta
09/02 18:45 Al-Vahda 0-0 Al-Ahli (SA)
09/02 21:00 Duhayl 1-1 Sharja
09/02 21:00 Shabab al-Ahli 0-0 Al-Hilol
10/02 21:00 Traktor - As-Sadd
10/02 23:15 Al-Ittihod - Al-G‘arafa

Gallaxer «Atletiko» muxlislariga klubga o‘tayotganini aytdi

Gallaxer «Atletiko» muxlislariga klubga o‘tayotganini aytdi

Baho:
+ | -

«Chelsi» yarim himoyachisi Konor Gallaxer nihoyat Madridning «Atletiko» klubi futbolchisiga aylanadi.

«Matraschilar» taxminan ikki hafta oldin ingliz futbolchisi bilan shartnoma imzolaganini e’lon qilishlari mumkin edi, ammo Samuel Omorodionning «Chelsi»ga o‘tishi muvaffaqiyatsizlikka uchragani uchun kelishuv kechiktirilishiga to‘g‘ri keldi. Endi klublar yana kelishishga muvaffaq bo‘lishdi: Gallaxer chorshanba kuni «Atletiko»ning yangi transferi sifatida tanishtirilishi kutilmoqda, Joau Feliks esa teskari yo‘nalish tomon yo‘l oladi.

"Esto Es Atleti" xabariga ko‘ra, londonliklarning 24 yoshli tarbiyalanuvchisi allaqachon Madridga kelib qo‘ndi. Yarim himoyachi «Atletiko» muxlislariga dastxat berayotganda: «Ertaga barchangizni stadionda ko‘rishni intiqlik bilan kutaman», dedi.

Kiritildi: 09:43, 21.08.2024.
O'qildi: 728 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.