Yarim himoyachi Kobbi Maynu "Manchester Yunayted" bilan yangi shartnoma imzolashi mumkin.
Rahbariyat iqtidorli futbolchining o‘yinidan mamnun va u bilan hamkorlikni kengaytirish niyatida, deb xabar beradi Sky Sports.
19 yoshli yarim himoyachining “qizil iblislar” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.