Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Davletov: «Merganovning vaqti keldi. Bugun u zo‘r o‘ynadi»

Davletov: «Merganovning vaqti keldi. Bugun u zo‘r o‘ynadi»

Baho:
+ | -

Superliganing 14-turi doirasida qoldirilgan «Paxtakor» - «Surxon» bahsidan keyingi matbuot anjumanida termizliklar ustozi Fevzi Davletov ishtirok etdi.

— Bu o‘yinning qanchalik muhimligini bilardik. G‘alaba qozonsak «Paxtakor»ga yetib olardik. Safardagi o‘yinda ko‘p kuch yo‘qotdik, shu sababli yigitlarni nafaqat jismonan, balki ruhan ham tayyorlash kerak edi. Bugun ham katta kuch sarf qildik. Epizodlar bizning foydamizga ishladi, asosiy vaqtimizni himoyada o‘tkazdik. Gol urib olganimizdan keyin qarshi hujumlarni yanada rivojlantirishni o‘yladik. Ikkinchi bo‘limda esa biz o‘z hududimizdan chiqmadik. Yigitlarni yaxshi o‘yin va g‘alaba bilan tabriklayman. Muxlislarga ham rahmat aytaman. Ular bizni qo‘llab turishdi.

— Davron Merganovni klub qayerdan topgan? U bugun ajoyib o‘yin o‘tkazdi.
— Davron Merganov Surxondaryo futbol maktabi tarbiyalanuvchisi. Bugun u zo‘r o‘ynadi. Menimcha, uning vaqti keldi. Yo‘ldoshevni bilasizlar, ayni damda jarohatda. Shu sababli zaxira posbonimizga tayanyapmiz. Uni maqtayman.

— «Paxtakor» qaysi tarkibda o‘ynashidan qat’iy nazar o‘yinlarda favorit maqomida bo‘ladi. Lekin «Surxon» ayni damda yuqori holatda. So‘nggi 5 o‘yinda jamoa g‘alabaga erishdi. Futbolchilarni bu o‘yinlarga tayyorlash qanday ketmoqda?

— Yigitlarni «Paxtakor» bilan o‘yin uchun alohida ruhiy tayyorlash kerak emas. Barchamiz raqibning kimligini bilib turibmiz. G‘alaba qozonishni hammamiz istadik. Ular buni yaxshi tushunib turishgandi va buni uddalashdi.

— Fan-klub bugun Jahongir Abdusalomov uchun performans tayyorlabdi...
— Abdusalomov bugun maydonga tushishi 50ga 50 edi. U o‘z o‘yini bilan jamoaning yetakchisi ekanligini namoyish qilmoqda.

— Sobiq futbolchingiz Ulug‘bek Hoshimov haqida nimalar deya olasiz?
— Endi u bizning futbolchi emas. Ortiqcha biror nima deya olmayman.

Manba: pfcsurkhon.uz
Kiritildi: 23:09, 22.08.2024.
O'qildi: 1516 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик