Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/02 21:00 Traktor 0-2 As-Sadd
10/02 23:15 Al-Ittihod 7-0 Al-G‘arafa

Dibala nega katta taklifni rad etdi?

Dibala nega katta taklifni rad etdi?

Baho:
+1 | -

Paulo Dibalaning Saudiya Arabistonidan tushgan taklifini qabul qilishdan bosh tortishi sabablari ma’lum bo‘ldi.

Avvalroq argentinalik futbolchi “Al-Qodisiya”ga o‘tish haqidagi qarorini o‘zgartirgani ma’lum bo‘lgandi. Hujumkor yarim himoyachi 75 million yevrolik 3 yillik shartnomani rad etdi va “Roma”da qoladi.

Sky Sport Italia xabariga ko‘ra, emosional xayrlashuv chog‘ida Dibalani jamoadoshlari, shuningdek, klub xodimlari fikrini o‘zgartirishga majbur qilgan. Futbolchini so‘nggi kunlarda muxlislardan olgan sovg‘alari ham ta’sirlantirdi.

Janluka Di Marsio, shuningdek, Dibalaning rafiqasi Oriana va onasi ham Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tish g‘oyasini istamagan va ular ham uning qaroriga ta’sir qilganini ta’kidlaydi.

Kiritildi: 07:40, 23.08.2024.
O'qildi: 885 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.