Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Barselona"ga bu transferni yakunlash qiyin bo‘ladi

"Barselona"ga bu transferni yakunlash qiyin bo‘ladi

Baho:
+ | -

"Barselona" "Yuventus" vingeri Federiko Kyezani qo‘lga kiritish yo‘lida "Inter"ni ortda qoldirdi.

26 yoshli futbolchi Tyago Mottaning Turindagi rejalariga kirmaydi.

Corriere della Sera xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar Niko Uilyams va Rafael Leauni qo‘lga kirita olmaganidan so‘ng e’tiborini "Yuventus" vingeriga qaratgan.

Biroq, "ko‘k-anorranglilar" La Liganing moliyaviy feyr-pley qoidalariga amal qilishi kerak. Agar yosh himoyachi Mikayil Faye sotilsa, bu transferga joy ochilishi mumkin.

Shuningdek, italiyalik vinger o‘zining maoshlar bo‘yicha talabini 4,5 yoki 5 million yevrogacha kamaytirishi kerak.

Kiritildi: 18:24, 23.08.2024.
O'qildi: 2595 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик