Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/09 17:30 Marokash 6-3 Panama
19/09 17:30 Eron 9-4 Gvatemala
19/09 19:30 Neftchi 2-2 Qizilqum
19/09 20:00 Portugaliya 3-2 Tojikiston
19/09 20:00 Fransiya 7-3 Venesuela
19/09 21:45 Feyenoord 0-4 Bayer
19/09 21:45 Srvena Zvezda 1-2 Benfika
19/09 22:00 Leganes 0-2 Atletik Bilbao
19/09 23:59 Monako 2-1 Barselona
19/09 23:59 Atalanta 0-0 Arsenal
19/09 23:59 Atletiko 2-1 RB Leypsig
19/09 23:59 Brest 2-1 Shturm
20/09 21:30 Kalyari - Empoli
20/09 23:45 Verona - Torino
21/09 00:00 Alaves - Sevilya
21/09 16:30 Vest Xem - Chelsi
21/09 17:00 Valyadolid - Real Sosyedad
21/09 18:00 Venetsiya - Jenoa
21/09 19:00 Aston Villa - Vulverhempton
21/09 19:00 Fulhem - Nyukasl
21/09 19:00 Lester - Everton
21/09 19:00 Tottenhem - Brentford
21/09 19:00 Liverpul - Bornmut
21/09 19:00 Sautgempton - Ipsvich
21/09 19:15 Osasuna - Las-Palmas
21/09 21:00 Yuventus - Napoli
21/09 21:30 Kristal Pelas - Man. Yunayted
21/09 21:30 Valensiya - Jirona
21/09 23:45 Lechche - Parma
22/09 00:00 Real Madrid - Espanyol

Darbadar chempion

Darbadar chempion

Baho:
+ | -

So‘nggi paytlarda Alvaro Morata transfer yangiliklarining qahramoni bo‘lib qoldi.

Ya’ni, biron-bir jamoada uzoqroq to‘p surmayapti. «Real»ni tark etgach, u bitta jamoada ikki mavsumdan ortiq o‘ynamayapti. Yaqinda shu odat yana takrorlandi. Yevropa chempionatiga «Atletiko» hujumchisi maqomida yo‘l olgan Alvaro, turnirdan «Milan» vakili sifatida qaytdi. 31 yoshli hujumchi ikkinchi marta Italiyada to‘p suradi. Avvalroq u «Yuventus» tarkibida o‘ynagandi, endi Yevropa chempioni maqomida «Milan» sharafini himoya qiladi.

«Rossonerlar» o‘tgan mavsumdayoq Olivye Jiru jamoani tark etishi ma’lum bo‘lganidan keyin uning o‘rnini to‘ldira oladigan nomzod tadorigini ko‘ra boshlagandilar. OAVda turli futbolchilar nomi zikr etilgan bo‘lsada, klub faqat «Bolonya» to‘p surayotgan Joshua Zirkzega jiddiy qiziqish bildirgandi. Darhaqiqat, niderlandiyalik mehnatsevar hujumchi «A» seriyasida yorqin o‘yin ko‘rsatgandi. Qolaversa, Jiru va Ibragimovichsiz qolgan «Milan» uchun oldingi chiziqni nafaqat kuchaytirish, balki navqiron iqtidorlar bilan to‘ldirish zarurati turibdi. 

Fransiyalik futbolchi jamoani tark etgach, «Rossonerlar» tarkibida atigi 3 nafar hujumchi qoldi, lekin ularning hech qaysisi asosiy asosiy hujumchi roliga munosib emasdi, Lorenso Kolombo bilan Marko Nasti bir necha yildan beri «surgun»da yurgan mahalliy tarbiyalanuvchilar. Uchinchisi, serbiyalik Luka Yovich. Unga ham ishonch yo‘q, chunki «Real»dagi omadsizlikdan keyin faoliyatini qaytadan tiklashga harakat qilmoqda. Shuningdek, «qizil-oralar»ning ikkinchi jamoasida gollar urayotgan Franchesko Kamarda ham bor, lekin u juda yosh. Yaqinda ilk professional shartnomasini imzolagan 16 yoshli hujumchi kelajakka mo‘ljallangan. Qisqasi, «rossonerlar» saviyali hujumchiga muhtoj ekanliklarini klub mutasaddilari ham tan olishdi. Muxlislar esa yangi xaridlarni sabrsizlik bilan kutishmoqda. Ma’lum muddatdan keyin «Milan» Zirkzee nomzodidan voz kechdi va hujumchi «MYU»ga yo‘l oldi. Keyin klub mutasaddilari muxlislarni boshqa futbolchilarga qiziqtira boshladilar. Jumladan, Romelu Lukaku haqida mish-mishlar paydo bo‘ldi, lekin biron, bir siljish kuzatilmadi. Shundan keyin nihoyat, Morata varianti yuzaga keldi. Klub «Atletiko» hujumchisini xarid qilishga, Alvaro esa Italiya chempionatiga qaytishga tayyor ekanliklarini bayon etishdi.

Morata Madridda yaxshi taassurot qoldira olmadi. «Milan»ga o‘tishidan bir necha hafta avval u «Atletiko»da qolish niyatida ekanligini bayon etgandi. U «matraschilar» bilan ilk sovrinni qo‘lga kiritish umidida edi. Biroq hujumchi klub rahbariyati bilan kelisha olmadi. Uning fikricha, mutasaddilar uni sotib yuborish niyatida bo‘lishgan. 

Chindan ham, Alvaroning ketishi xususida gap-so‘zlar ko‘payib ketgandi. Taajjubki, o‘zaro tortishuvlar barham topgan pallada, Morata ketdi, jamoa esa shoshilinch tarzda yangi hujumchini izlashga majbur bo‘ldi.

Morataning «Milan» tarkibiga o‘tgani e’lon qilinganidan keyin, «Atletiko» prezidenti Enrike Sereso futbolchini jiddiy tanqid ostiga oldi. Uning aytishicha, Alvaroning yurish-turishi, fe’l-atvorida keskin o‘zgarishlar yuz bergan. Futbolchi vaziyatdan chiqib ketishga urindi. Ya’ni, Yevro-2024 turniriga Ispaniya terma jamoasi tarkibida «Atletiko» vakili sifatida yo‘l olganida, klub vakillariga sovrinni qo‘lga kiritishni va’da qilgan va buni uddalaganini aytdi. O‘zini oqlash uchun yetarli dalil. Har holda, muxlislar Alvarodan Grizmann «Barselona»ga o‘tib ketganidagidek qattiq xafa bo‘lmasalar kerak. Lekin bu baribir, anchayin noxush vaziyat.

Bir tomondan, Morataning ketishi «Atletiko»ga nisbatan yoshroq hujumchini xarid qilish imkoniyatini beradi. To‘g‘ri, o‘rindoshi u kabi sermahsul bo‘lishiga kafolat yo‘q. Oxirgi ikki mavsumida ispaniyalik to‘purar La Ligada 28ta (13 va 15) gol urdi, risoladagidek ko‘rsatkich. Lekin boshqa tomondan, Morataning sotuvidan olingan daromad (13 mln. yevro) saviyali o‘yinchini xarid qilishga ozlik qiladi. Byudjetga murojaat qilish esa noqulay - «matraschilar» tejamkorlik rejimiga o‘tishgan.

«Milan» esa o‘z vaqtida sifatli hujumchini tarkibga qo‘shib oldi. Transfer qiymati Moratadek sermahsul o‘yinchi uchun o‘ta arzon bahoda. Axir u Ispaniya terma jamoasining sardori. Yevroda atigi bitta gol urgan bo‘lsada, chempion hamoaning muhim murvati maqomida to‘p surdi. Uni bosh murabbiyning o‘zi ko‘klarga ko‘tarib maqtadi. To‘g‘ri, parvozlar va pasayishlar Alvaroda ham bo‘lib turadi. Lekin u chinakam hujumchi fazilatini yo‘qotmagan. Jamoaga talab darajasida manfaat keltirishi uchun, unga samimiy muhitning o‘zi kifoya qiladi. Morata «Milan»da ham o‘z vazifasini a’lo darajada ado etadi. Chunki uni ko‘rishni istagan muxlislar qarshisida to‘p suradi va «San-Siro»da eng tajribali o‘yinchilarning biriga aylanadi. «Rossonerlar» uchun bu juda muhim. Boz ustiga, Alvaro aynan «qizil-qoralar» bosh murabbiyi Paulu Fonseka talablariga mos keladi. Murabbiy faqat uzatmalarni golga aylantiradigan hujumchini emas, balki darvozadan olis hududlarda ham rostmana o‘ynaydigan o‘yinchini ko‘rish niyatida yurgandi. Morata esa hamon g‘ayratli, harakatchan va tirishqoqlik bilan to‘p suradigan yigit. «Milan»ning sovrinlarga nisbatan imkoniyatlari qanday bo‘lishi - boshqa masala. Lekin saviyali hujumchi ko‘magida yanada yaxshiroq o‘ynashiga umid bor.

Sodiq SOBIR tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:48, 23.08.2024.
O'qildi: 1868 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.