Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche

Denis Korostichenko: «Eski futbolchilar? Ular ketishdi. Hozirgi yigitlar bilan biz oxirigacha kurashamiz»

Denis Korostichenko: «Eski futbolchilar? Ular ketishdi. Hozirgi yigitlar bilan biz oxirigacha kurashamiz»

Baho:
+ | -

"Olimpik" ustozi Denis Korostichenko «Neftchi»ga qarshi o‘yindan so‘ng (0:3) o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

— O‘yin haqida

— Ilk navbatda «Neftchi»ni g‘alaba bilan tabriklayman. O‘yin kurashlarga boy bo‘ldi. O‘z navbatida, yigitlarimiz kurashlarda biroz yutqazishdi. Xatolarimiz gollarga olib keldi. Yigitlarni tanqid qila olmayman, lekin bugungi o‘yin nisbatan yomon bo‘ldi. Biz bu borada tahlil qilamiz. Oldinda tanaffus bor. Umuman olganda, o‘yin qiziq bo‘ldi. Bugun yigitlar birinchi bo‘limda kutilgan o‘yinni ko‘rsata olishmadi. Ikkinchi taymda o‘yinimiz biroz yaxshilandi.

— "Olimpik”da ko‘p futbolchilar ketishdi. Yangi futbolchilar avvalgilari kabi tempni ushlay olishadimi?

— "Olimpik"ni tark etgan yigitlarning ko‘pi katta jamoalarga o‘tishdi. Bunday futbolchilarning o‘rnini qisqa muddatda to‘ldirish qiyin. Hozirgi yigitlar bilan biz oxirigacha kurashamiz. Ularda ishtiyoq bor. Albatta barcha bir xil darajada o‘ynay olmaydi. Ochko olmagan bo‘lsakda, yetakchilar bilan yaxshi o‘ynay olishyapti. Ular harakat qilishmoqda. Ketganlarning o‘rnini almashtirish qiyin. Deyarli barcha jamoadan ketdi.

Manba: fcolympic.uz
Kiritildi: 22:22, 24.08.2024.
O'qildi: 1017 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик