Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/09 18:15 Qizilqum 1-1 So‘g‘diyona
13/09 19:30 Paxtakor 0-0 Neftchi
14/09 00:00 Betis - Leganes
14/09 17:00 Malyorka - Vilyarreal
14/09 18:00 Komo - Bolonya
14/09 19:15 Espanyol - Alaves
14/09 19:30 Navbahor - Nasaf
14/09 21:00 Empoli - Yuventus
14/09 21:30 Sevilya - Xetafe
14/09 23:45 Milan - Venetsiya
15/09 00:00 Real Sosyedad - Real Madrid

APLda transfer oynasi yopilishi oldidan jamoasini o‘zgartirishi kerak bo‘lgan 5 futbolchi

APLda transfer oynasi yopilishi oldidan jamoasini o‘zgartirishi kerak bo‘lgan 5 futbolchi

Baho:
+ | -

30 avgust, juma tunida transfer oynasi yopiladi va aynan shu paytgacha o‘yinchilar, jamoalar va agentlar o‘zlarining yangi shartnomalariga ega chiqishi uchun tezroq harakat qilishiga to‘g‘ri keladi.

Transferlar oynasi yopilgach yanvar oyigacha futbolchilarda boshqa jamoaga qo‘shilish imkoni bo‘lmaydi. Shuning uchun jamoasida yetarlicha o‘yin vaqtiga ega bo‘lmayotgan futbolchilar ushbu haftada “otni qamchilashiga” to‘g‘ri keladi.

FourFourTwo nashri o‘z klublarida yuzaga kelgan noaniq vaziyatni hal qilishi yoki yangi klubda hammasini qaytadan boshlashi kerak deb hisoblagan 5 o‘yinchi haqida ma’lumot beradi.

Rahim Sterling

“Chelsi” jamoasida juda ham ko‘pchilik futbolchilar London klubini tark etib, boshqa klubda o‘z faoliyatini davom ettirishi zarur. “Stemford Bridj”da tajribali o‘yinchilar juda ham ko‘p, ammo hozirgi vaziyat Rahim Sterlingdek futbolchining zaxirada o‘z vaqtini kutishi to‘g‘ri emas.

Rahim hali yosh va Angliya chempionatida asosiy tarkibdagi o‘rnini qiyinchiliksiz qaytarib olishga qodir. Uni APLning har qanday jamoasi o‘z safida ko‘rishdan xursand bo‘ladi. Masalan, “Aston Villa” hamda “Kristal Pelas” klublari futbolchiga qiziqish bildirgan. To‘g‘ri, uning London klubida olayotgan haftalik 325 ming funt sterling maoshi kamayishi aniq.

Sterlingdan tashqari “Chelsi” mashg‘ulotlar maydonida Ben Chilvel, Chaloba, Kepa Arrizabalaga, Romelu Lukaku kabi futbolchilar mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda. Ularning agenti esa mijozlariga yangi jamoa izlamoqda.

Aaron Ramzdeyl

Hozirda Aaron Ramzdeyl 26 yoshda va u uchun zaxira darvozabon bo‘lish uchun ancha vaqtli. Agar “Arsenal” darvozaboni  Styuart Teylorning o‘rinbosari bo‘lib qolishni xohlamasa, jumaga qadat yangi jamoa topishga harakat qilmog‘i darkor. Aks holda yana 5 oy “Emireyts” maydoni o‘rindiqlarini isitish bilan kunini o‘tkazishi mumkin.

“Vulves” va “Sautgempton” kabi jamoalar Angliya terma jamoasi darvozaboni bilan bog‘langan. Bu ikki klub ham “Sheffild Yunayted”ning sobiq darbozaboni uchun klubdagi karyerasini tiklash va o‘ziga bo‘lgan ishonchni qaytarish uchun munosib joy bo‘la oladi.

Jeydon Sancho

O‘tgan mavsumda Erik ten Hag va Jeydon Sancho oralaridagi tushunmovchiliklarni hal qilib olgan bo‘lsa-da, futbolchining “Manchester Yunayted”dagi faoliyati yorqin bo‘lishiga ishonch yetarli emas.

“Qizil iblislar” yozgi transferlar oynasida 140 million yevro sarfladi. Sanchoning savdosidan tushishi mumkin bo‘lgan 73 million yevro klub g‘aznasiga foyda keltirishi mumkin.

Sanchoning “Dortmund” klubiga ijarasi ancha omadli keldi va aynan shuning ortidan futbolchiga bo‘lgan potensial mijozlarning ko‘payishiga sabab bo‘ldi. Ammo uning haftasiga oladigan 250 ming funt sterling maoshi xaridorlarni o‘ylantiradigan savol bo‘lishi mumkin.

Ayvan Touni

Shu yil boshida Ayvan Touni yozda “Brentford” klubini tark etishini ma’lum qilgandi va klub uning o‘rniga o‘rinbosar topdi. Ammo futbolchi hali ham klubda.

FourFourTwo ta’kidlashicha, bunga bir nechta sabablar bo‘lishi mumkin. Agar klub futbolchi ortidan daromad qilishni niyat qilgan bo‘lsa, shu yozdayoq futbolchini sotib yuborishi kerak. Sababi, yanvarga kelib futbolchining narxi keskin pasayib ketishi mumkin.

Afsuski, klub uchun rekord summa bo‘lgan 32 million funt sterlingga xarid qilingan Igor Tyagoning mavsum oldi o‘rtoqlik o‘yinidagi jarohati Ayvanning shu yil so‘nggiga qadar klubda qolishi mumkinligiga ishora bo‘lishi mumkin. Balki aynan shu sabab bilan ham klub Saudiyaning “Al-Ahli” klubi taklifini rad etayotgandir.

Jovani Lo Chelso

So‘nggi yillarda uning “shporlar”dagi faoliyati qanchalik yomon kechganini inobatga olsak, Jovani Lo Chelsoning qanchalik yaxshi futbolchi bo‘lganini unutish oson. Lo Chelso jarohatlar bilan kurashayotganiga va klubda eng yuqori darajada bo‘lmagan bir paytda, o‘tgan oy bo‘lib o‘tgan Amerika Kubogi finalida zaxiradan maydonga tushdi va Argentinaga g‘alabani taqdim etgan golga hammualliflik qildi.

“Tottenhem”dagi faoliyatidagi o‘yini bir tekis ketmadi. Klub Archi Grey va Lugas Bergvalni o‘z tarkibiga qo‘shib oldi. Bundan tashqari tarkibda Jeyms Meddison bo‘lib turganda 28 yoshli futbolchining yagona yo‘li boshqa klubdan o‘z o‘rnini izlash bo‘lsa kerak.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:31, 26.08.2024.
O'qildi: 4159 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.