Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Davletov: ««Paxtakor» bilan o‘tgan og‘ir o‘yindagi charchoq bugun ham sezilib turdi»

Davletov: ««Paxtakor» bilan o‘tgan og‘ir o‘yindagi charchoq bugun ham sezilib turdi»

Baho:
+ | -

"Surxon" bosh murabbiyi Fevzi Davletov Superliganing 17-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Navbahor"ga qarshi o‘yin borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

— O‘yin haqida
— Alamli mag‘lubiyat bo‘ldi. Albatta, «Navbahor» 3-4 kun ko‘proq dam oldi, jamoa harakatlari tezroq edi. Ular bir hafta davomida bizga qarshi jiddiy tayyorgarlik ko‘rishdi. Bizda esa, «Paxtakor»ga qarshi qiyin bahs edi. Bizga tezkorlik yetishmayotgandi va oxirgi o‘yinlarda juda ko‘p kuchimiz ketdi. Alamli xato «Navbahor»ning foydasiga ishladi. Biz yigitlarga ko‘rsatma bergandik: ushbu o‘yinda har bir xato bizni qiyin vaziyatga tushirish mumkin.

Tanaffusdan so‘ng o‘yinni kuchaytirish rejamiz bor edi. Ikkinchi bo‘limda biz o‘zgarishlarni amalga oshirdik. To‘pni nazorat qildik, ammo hujumdagi harakatlarida bizga agressiya yetishmadi. Xavfli vaziyatlar ham deyarli bo‘lmadi. «Paxtakor» bilan o‘tgan og‘ir o‘yindagi charchoq bugun ham sezilib turdi.

— «Surxon»ni oldinda O‘zbekiston Kubogining «Andijon»ga qarshi yarim final uchrashuvi kutmoqda. Ushbu uchrashuvga tayyorgarlik qanday bo‘ladi?
— Bizni Andijonda muhim bahs kutmoqda. Albatta, jamoamiz ertadan boshlab, ham jismoniy, ham ruhiy tayyorgarlik ko‘radi. O‘yindan keyin, futbolchilarga qilgan mehnati uchun minnadorchilik bildirdim. Albatta, keyingi o‘yin qiyin bo‘ladi. Bizni hammasini yaxshi tshunamiz. Agar yarim finalda g‘alaba qozonsak, biz finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritamiz.

— Ko‘p sonli jurnalistlar Dilshod Yo‘ldoshevning jarohati haqida so‘rashdi. Uning davolanish amaliyoti qanday o‘tmoqda?
— «Andijon»ga qarshi kechgan bahsda, Dilshod jarohat oldi. Men o‘ylayman, Yo‘ldoshev sentyabr oyida safimizda qaytadi.

Manba: pfcsurkhon.uz
Kiritildi: 23:30, 26.08.2024.
O'qildi: 868 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик