Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 2-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Florentino Peres: «Ushbu sovrin «Real»ga qo‘shimcha kuch va energiya bag‘ishlaydi»

Florentino Peres: «Ushbu sovrin «Real»ga qo‘shimcha kuch va energiya bag‘ishlaydi»

Baho:
+ | -

«Qirollik klubi» - «Real» prezidenti Florentino Peres Yevropa superkubogi uchun bahsdagi zafardan keyin RealmadridTV mehmoni bo‘lib, qisqacha intervyu berdi.

Unda korchalon funksioner jumladan, Kilian Mbappening omadli debyuti va klub prezidenti rolida yutgan sovrinlari soni 64taga yetganiga alohida to‘xtaldi.

Yevropa superkubogiga munosabat

- Albatta, navbatdagi g‘alabadan bag‘oyat xursandman. Mana, yangi mavsumga kirishganimiz bilan ilk sovrinni rasmiylashtirdik. Bunday start butun jamoani o‘zgacha ilhomlantirishi tayin. Binobarin, bizni oldinda juda murakkab va og‘ir mavsum kutmoqda. O‘ylaymanki, Yevropa superkubogi uzun yo‘lda bizga qo‘shimcha kuch va energiya bag‘ishlaydi.

Mbappening debyutiga munosabat 

- Kilian Mbappening «Real» libosidagi ilk o‘yindayoq gol urgani uni samarali mavsum kutayotganidan dalolat, menimcha. Har holda, debyut golning tezda kelishi har qanday hujumchini to‘l­qinlantirib yuboradi. Kilian medalni qo‘lga olganida, unga qaradim - g‘oyat xursand edi. Zero, «Real»da debyutni gol bilan bezash oson emas. Muhimi, Mbappe juda yaxshi boshladi.

O‘yin sifatiga munosabat

- Ikkinchi bo‘limda faqat g‘alaba uchun maydonga tushdik. 2ta gol urdik, vaholanki, hisobni bemalol yiriklashtirishimiz ham mumkin edi. Maydonga bunday katta ishtiyoq va energiya bilan tushsangiz, g‘alaba qozonish imkoniyatingiz o‘z-o‘zidan oshadi.

Prezident rolida 64ta sovrin yutganiga munosabat

- Imkoni bor va imkonsiz tuyulgan barcha natijalar meni yaxshigina ruhlantiradi. Xuddi o‘tgan yildagidek qattiq ishlashda davom etishimiz kerak. Buning samarasini oxirida ko‘ramiz, albatta. Bizda ajoyib jamoa borligiga hech kimda shubha qolmagan bo‘lsa kerak.

«Madridchi»larga munosabat

- Qo‘shma shtatlardan yaqindagina keldik, u yerda ajo­yib muxlislik guvohiga aylandik. Mana, Polshada ham aqlga sig‘mas daraja... Bosh­qachasi mumkin emas - «Real» jahon miqyosidagi klub! Butun dunyo bo‘ylab muxlislar klubimizni qalblarida saqlaydilar va buni har safar Ispaniyadan tashqariga chiqqanimizda yaqqol ko‘ramiz. Juda yoqimli, juda-juda. 

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:48, 26.08.2024.
O'qildi: 1991 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.