Superligada 17-tur yakunlandi. Turning so‘nggi bahsida OKMK jamoasi "Bunyodkor" mehmoni bo‘ldi va minimal hisobda g‘alaba qozondi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Qiyin o‘yin bo‘ldi. Shunga qaramay, 3 ochko bilan kichik ta’tilga chiqdik. Uchrashuv davomida ikki jamoa ham ehtiyotkorlikka e’tibor qildi. Raqib havfli zonada ekanligi bois ortiqcha tavakkal qilmadi. Biz standartdan kiritgan golimiz evaziga g‘alaba qozondik. Ochko uchun xursandman, ammo o‘yindan qoniqmadim. Fursatdan foydalanib, "Bunyodkor"ga omad tilayman. Quyi o‘rinlarni tezroq tark etsin.
80-daqiqadan keyingi aktivlik uchun mahsus ko‘rsatmalar berasizmi?
Hech qanday mahsus ko‘rsatma yo‘q. Doim futbol birinchi o‘rinda bo‘lishi kerak. 80-daqiqadan keyin emas, boshidan oxirgacha bir xil temp, balansda harakat qilish kerak. Samarqandda boshida gol kiritib, o‘yinni berib yubordik. Keyin ikkinchi golni kiritgandan keyin yana chekindik, ammo ruhan himoyalandik. Hisob tenglashgach, yana oldinga o‘tdik, biroq raqib bizni jazoladi. Aslida, kiritilgan goldan so‘ng, oldinga borishda davom etib g‘alabani muxrlash kerak. Futbol kechirmaydi. 80-daqiqadan keyin hech qanday alohida ko‘rsatma yo‘q, shunchaki boshidan toki oxirigacha yaxshi o‘yin ko‘rsatish kerak.
Superligada jamoalar darajasi tenglashgani sababi nima? Hamma o‘sdimi yo birdaniga pasaydimi?
Har hil yondashish mumkin. Har bir bahs oson kechmayapti. O‘tkinchi bellashuv yo‘q. Jadval hech narsani anglatmaydigan uchrashuvlar bo‘lmayapti. Qarshilik bor bo‘lsa, demak o‘sish bor.
"Bunyodkorning hozirgi xolati haqida fikringiz qanday?
Bunyodkorning o‘rnida istalgan klub bo‘lib qolishi mumkin. Jamoa yomon emas. Tashqaridan nimadir deyish qiyin. Ilyosga ham vaziyatdan chiqib ketasizlar deb omad tiladim.