Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Bahodir Jalolov va Hasanboy Do‘stmatovga podpolkovnik harbiy unvoni berildi

Bahodir Jalolov va Hasanboy Do‘stmatovga podpolkovnik harbiy unvoni berildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Milliy gvardiya qo‘mondoni general mayor Rustam Jo‘rayev ishtirokida Parij—2024 Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan bir guruh tizim harbiy xizmatchi va xodimlari hamda ularning murabbiylarini taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari kapitan Bahodir Jalolov va kapitan Hasanboy Do‘stmatovlarga muddatidan oldin podpolkovnik harbiy unvonlari topshirildi.

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi shaxsiy tarkibi orasida o‘zlarining sadoqati, jasorati va mardligi bilan o‘rnak bo‘lib, ustoz-shogird an’analariga muvofiq harbiy xizmatchilar va yoshlar orasida sportni targ‘ib qilishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun, kapitan Jalolov Bahodir Isomiddin o‘g‘li va kapitan Do‘smatov Hasanboy Ma’rufjon o‘g‘liga O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Oliy bosh qo‘mondonining ruxsati bilan navbatdan tashqari podpolkovnik harbiy unvoni muddatidan oldin berildi”, deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Bundan tashqari, boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi — Qilichov To‘lqin Maxmurovich, O‘zbekiston terma jamoasi katta murabbiyi — Ro‘zioxunov Rahmatjon Tursunovich hamda boks bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi, Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazi katta o‘qituvchisi — podpolkovnik Rasulov Elshod Yunusovich “Milliy gvardiya fidoyi xodimi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Ma’lumot uchun, Bahodir Jalolov va Hasanboy Do‘stmatov Parij Olimpiadasida bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. Bu bokschilarning Olimpiadadagi ikkinchi oltin medali hisoblanadi.

Kiritildi: 11:21, 29.08.2024.
O'qildi: 1093 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик