Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

"Paxtakor" va "Navbahor" o‘rtasidagi Toshkentda o‘tkazilgan oxirgi besh o‘yinda naq 32 ta sariq kartochka ko‘rsatilgan

"Paxtakor" va "Navbahor" o‘rtasidagi Toshkentda o‘tkazilgan oxirgi besh o‘yinda naq 32 ta sariq kartochka ko‘rsatilgan

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bugun O‘zbekiston kubogi yarim finali doirasida "Paxtakor" "Navbahor" bilan kuch sinashadi.

Mazkur to‘qnashuv oldidan O‘zFHM matbuot xizmati mazkur jamoalar o‘rtasidagi Toshkentda o‘tkazilgan oxirgi 5 bellashuvda kimlar bosh hakamlik qilganini eslashga qaror qildi.

27.02.2020. "Paxtakor" 2:1 "Navbahor" / Bosh hakam: Ilgiz Tantashev (11 sariq kartochka ko‘rsatgan, mehmonlar vakili I. Isoqjonovni va mezbonlar a’zosi Y.Krimesni maydondan chetlatgan).

15.09.2021. "Paxtakor" 0:0 "Navbahor" / Bosh hakam: Zokir Qodirov (4 ta sariq kartochka ko‘rsatgan).

01.04.2022. "Paxtakor" 1:0 "Navbahor" / Bosh hakam: Akobirxo‘ja Shukurullayev (5 ta sariq kartochka ko‘rsatgan).

17.03.2023. "Paxtakor" 2:1 "Navbahor" / Bosh hakam: Vadim Agishev (8 ta kartochka ko‘rsatgan, mehmonlar vakili D.Hoshimovni maydondan chetlatgan va namanganliklar foydasiga 2 ta penalti belgilagan).

16.06.2024. "Paxtakor" 0:0 "Navbahor" / Bosh hakam: Abdurashid Xudoyberganov (5 ta sariq kartochka ko‘rsatgan).

Umumiy hisoblaganda, mazkur 5 bahsda jami 32 ta sariq kartochka ko‘rsatilgan. Bu har bir o‘yinga o‘rtacha 6,4 tadan kartochka to‘g‘ri keladi degani. Shuningdek, hakamlar ushbu 5 to‘qnashuvda 3 ta qizil kartochka ko‘rsatgan va 2 bor penalti belgilagan.

Ma’lumot o‘rnida, bugun bu klublar o‘rtasidagi to‘qnashuvni Rustam Lutfullin boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

Kiritildi: 15:35, 30.08.2024.
O'qildi: 878 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик