Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma - Parma
22/12 18:00 Valensiya - Alaves
22/12 19:00 Fulhem - Sautgempton
22/12 19:00 Lester - Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted - Bornmut
22/12 19:00 Everton - Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya - Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid - Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

Sergey Lushan: “Biz g‘alaba qozondik, ortiqcha hech narsa qo‘shimcha qilmayman”

Sergey Lushan: “Biz g‘alaba qozondik, ortiqcha hech narsa qo‘shimcha qilmayman”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogi yarim finalidan o‘rin olgan “Paxtakor” – “Navbahor” (0:0,pen.bo‘y.:3:4) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Sergey Lushan ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi.

“Lochinlar” ustozi odatdagidek, o‘z so‘zini o‘yin haqidagi fikrlari bilan boshladi.   

— Hech qanday aqlli va yangi gap aytgim kelmayapti, shunchaki jamoamga rahmat aytaman. Bir kishi kam bo‘lib qolgan holda ham g‘alaba qozona oldik. Jamoaga aloqador insonlarga va muxlislarga katta rahmat. Menimcha, “Jar” stadioni bugun to‘ldi.Bugungi bayramning asosiy sababchilari — futbolchilar. Deyarli barcha ko‘rsatmalarni to‘g‘ri bajarishdi, faqatgina bir-ikkita vaziyatda xatolarga yo‘l qo‘ygan bo‘lishimiz mumkin. “Paxtakor”ga qarshi bir kishi kam bo‘lib o‘ynash juda qiyin. Namoyish etgan o‘yinimizdan va natijadan ham qoniqdim.

— Farruh Sayfiyevning qizil kartochkasi jamoani ko‘proq himoyalanishga majbur qilib qo‘ydi. “Ekstra-taymlar”da shogirdlaringizni qanday ruhlantirdingiz?
— Futbolchilarga qandaydir qo‘shimcha motivasiya berish kerak emasdi. Ularni shunchaki tinchlantirish kerak edi, xolos. Qizil kartochkadan oldin futbolchilar hissiyotlarga berilib ketishgandi va hattoki bir-birlarini eshitishmayotgandi. Sayfiyevga ikki barobarlik bonus beramiz. Bunday bahslarda hissiyotlarni jilovlashni bilish kerak. “Paxtakor” uchrashuv davomida  uchta yaxshi vaziyatga ega bo‘ldi, ammo ulardan foydalana olmadi. Penaltilar seriyasi esa — lotereya. Biz g‘alaba qozondik, ortiqcha hech narsa qo‘shimcha qilmayman.

— “Navbahor” birinchi bo‘limda to‘pga ko‘proq egalik qildi, ammo ikkinchi bo‘limda hamda chetlatishdan so‘ng, jamoangiz ko‘proq himoyaga e’tibor qaratdi. “Paxtakor” ham o‘zining yaqqol vaziyatlaridan foydalana olmadi. Bugungi uchrashuvda va ayniqsa, “ekstra-taymlar”da “Navbahor” o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolganiga nima sabab bo‘ldi, deb o‘ylaysiz?
— Biz ketma-ket ikkinchi uchrashuvni ikkinchi raqamli jamoa bo‘lib o‘tkazmoqdamiz. Ushbu reja hozircha ish beryapti. Futbolchilarga ham ushbu fikrni yetkazmoqchi bo‘lyapman. “Paxtakor” juda ko‘p vaziyatlarga ega bo‘ldi demagan bo‘lardim, faqatgina Cheranning vaziyati 100 foiz golga tortar edi. “Paxtakor” jamoasi hali yosh hamda kelajakda yanada kuchliroq bo‘lishlariga shubha qilmayman. O‘yingacha tayyorgarlik jarayonida ko‘proq ruhiyat ustida ishladik. Sir emas, bizda realizasiya bilan muammolar bor. Ushbu muammolarni tezroq hal etishimiz kerak. Mashg‘ulotlarda barchasi a’lo, ammo o‘yinda ko‘p narsa o‘xshamayotgandi. Sekin-astalik bilan muammolarimizni hal etamiz, degan umiddaman. So‘nggi ikki uchrashuvda g‘alaba qozondik va umid qilamanki, keyingi o‘yinlarda ham shunday bo‘ladi.

— Futbol jamoatchiligi bugungi uchrashuvni finaldan oldingi final deb atayotgan edi. Ushbu fikrlarga munosabatingizni bildirib o‘tsangiz?
— Yo‘q. To‘g‘ri, bu juda muhim uchrashuv edi, ammo final baribir boshqacha. Jamoalar nomi o‘yin ahamiyatini biroz ko‘paytirgan bo‘lishi mumkin, lekin ikkinchi juftlikdagi “Andijon” va “Surxon” jamoalari ham juda kuchli hisoblanadi. Barchasi hali oldinda. Final — eng muhim uchrashuv. Final bahsi barcha futbolchining yodida qoladi. Umid qilamanki, final uchrashuviga qadar “lazaret”imiz biroz bo‘shaydi.

— Penaltilar seriyasida kim zarba berishini qanday aniqladinglar? Seriyada yosh futbolchi Navro‘zbek Iminjonov o‘z imkoniyatidan unumli foydalandi...
— Biz shunchaki penaltilarni mashq qildik. Chorak final bahsidan oldin ham 11 metrlik zarbalari bilan shug‘ullangandik. Ikki hafta davomida har bir mashg‘ulotdan so‘ng penaltilar bilan band edik. Raqib jamoasi ham penaltilarni mashq qilgani shubhasiz. Filipp Ivanovich seriyada o‘z imkoniyatidan foydalana olmadi, ammo mashg‘ulotlarda u umuman xato qilmasdi. Bu shunchaki ruhiyatga bog‘liq. Nima sodir bo‘lgan bo‘lsa, barchasiga yaxshilikka. Qizil kartochka, xatolar va amalga oshirilmagan penalti barchasi yaxshilikka. Biz bugun g‘alaba qozondik va qolgani meni qiziqtirmaydi.

— Farg‘ona vodiysining ikki jamoasi finalda ishtirok etadigan bo‘ldi. Final ham Farg‘onada o‘tkaziladi. Bugun “Navbahor” jamoasining muxlislari hujumchi Toma Tabatadzeni maydonda kutishgandi, ammo u zaxirada qoldirildi. Gruziyalik hujumchini final o‘yinida maydonda ko‘rishimiz mumkinmi?
— Umid qilamanki, ha. Finalga qadar Toma tayyor bo‘lib qolishi kerak. U yaqindagina jamoaga qo‘shildi. Umumiy guruhga qo‘shilganiga bor-yo‘g‘i uch kun bo‘ldi. U hali o‘yinlarga tayyor emas. Tabatadze kabi tajribali futbolchi barcha jamoaga kerak, ammo o‘yin tempi bunga yo‘l qo‘ymadi. Agar uchrashuv boshqacharoq kechganida, uni zaxiradan maydonga tushirish rejamiz bor edi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 05:51, 31.08.2024.
O'qildi: 1655 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.