AQSH terma jamoasi darvozaboni Mett Tyorner "Kristal Pelas"ga ko‘chib o‘tdi.
"Nottingem Forest" 30 yoshli darvozabonni joriy mavsum oxirigacha ijaraga berdi. Kelishuv transfer oynasining so‘nggi kunida yakunlandi.
Tyorner o‘tgan mavsumda Premyer-ligada debyut qildi va jami 17ta o‘yinda maydonga tushib, 28ta gol o‘tkazib yubordi.