Yarim himoyachi German Valera Madridning “Atletiko” klubidan “Valensiya”ga o‘tdi.
"Valensiya" 22 yoshli futbolchi bilan 4 yillik shartnoma imzolaganini e’lon qildi. AS xabariga ko‘ra, u erkin agent sifatida shartnoma imzolagan.
Futbolchi so‘nggi 2 mavsumni Segundada ijara asosida o‘tkazgan, u yerda "Andorra" va "Saragosa"da to‘p tepgan.