"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Vinisius Juniorning harakatini yuqori baholadi.
Braziliyalik futbolchi Kilian Mbappega "Betis"ga qarshi o‘yinda (2:0) penalti tepishga imkon berdi.
«Vinisiusga ishonch bildirish kerak - u fidoyilik qildi va Mbappega penalti tepish huquqini berdi. Ularning munosabatlari a’lo darajada, bu meni juda xursand qiladi», - dedi Anchelotti o‘yindan keyin ispan OAVlariga bergan intervyusida.