Portugaliyalik yarim himoyachi Joau Mariu Istanbulning «Beshiktosh» klubi futbolchisiga aylandi.
"Transfermarkt" portali portugaliyalikni «Benfika»dan turk klubiga transferi haqida xabar berdi. Shartnoma bir mavsumga imzolangan.
Mario 31 yoshda, yarim himoyachi Lissabonning «Sporting» klubi akademiyasi tarbiyalanuvchisi. Faoliyati davomida «Benfika»ga o‘tishdan oldin u «Inter», «Lokomotiv» va «Vest Xem» klublarida o‘ynagan. U Portugaliya terma jamoasi safida 56 ta o‘yin o‘tkazgan.