Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona

Dimarko: "Evro-2024dan keyin tiklanish oson bo‘lmadi"

Dimarko: "Evro-2024dan keyin tiklanish oson bo‘lmadi"

Baho:
+ | -

Italiya terma jamoasi himoyachisi Federiko Dimarko Millatlar ligasida Fransiyaga qarshi safar o‘yinida (3:1) jamoasi g‘alaba qozonganidan so‘ng jurnalistlar bilan suhbatlashdi.

"Skuadra Adzurra" 14-sekundda urilgan Bredli Barkolaning golidan keyin o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi. 30-daqiqada Dimarko hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, 50 va 74-daqiqalarda Davide Frattezi va Djakomo Raspadori mehmonlar darvozasini ishg‘ol qilishdi.

"Evro-2024dan keyin tiklanish oson bo‘lmadi. Bu g‘alaba bizga jamoa ruhiyatini oshirish uchun kerak edi.

Biz juda yaxshi o‘ynadik. Fransiya har qanday holatda ham o‘z imkoniyatlarini yaratadi, ammo biz o‘yin va natijadan mamnunmiz.

Fransiya terma jamoasini, ayniqsa, mehmonda mag‘lub etish har doim qiyin. Bugungi g‘alaba biz uchun boshlang‘ich nuqta bo‘lishi kerak", - dedi "Inter" futbolchisi RAI Sport nashriga bergan intervyusida.

Kiritildi: 09:40, 07.09.2024.
O'qildi: 442 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик