Bugun Hindistonning Nyu-Deli shahrida Osiyo Olimpiya kengashi (OOK)ning 44-Bosh Assambleyasi o‘tkaziladi.
Unda tashkilot rahbarligi va mintaqalar bo‘yicha vise-prezidentlik lavozimlari va Ijroiya qo‘mitasi a’zoligiga saylovlar bo‘lib o‘tadi.
Mazkur nufuzli tadbirda OOK vise-prezidenti Otabek Umarov, O‘zbekiston MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov boshchiligidagi delegasiyamiz vakillari ham ishtirok etishadi.