"Yuventus" yarim himoyachisi Filip Kostich "Galatasaroy"da yiliga 8 million yevro maosh olishdan bosh tortdi. Klub unga to‘lovning bir qismi "maxfiy homiy" tomonidan qoplanishini ma’lum qildi.
Serbiyalik futbolchi bunday taklifni shubhali deb hisobladi, shuning uchun u ijara asosida yiliga 6 million yevro maosh evaziga "Fenerbaxche"ga o‘tdi.