Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya - Alaves
22/12 19:00 Fulhem - Sautgempton
22/12 19:00 Lester - Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted - Bornmut
22/12 19:00 Everton - Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya - Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid - Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

Endi «Komo» «A» Seriyasida

Endi «Komo» «A» Seriyasida

Baho:
+ | -

Komo ko‘lining maftunkor manzaralari bir necha mashhur Gollivud filmlariga jilo bergandi. Endi yer sharining ana shu shinam go‘sha jamoasi «A» seriyasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

«Komo» quyi ligalarda to‘p surgan, Essyenning rafiqasi uni qutqarib qolishga uringan

1907 yilda tashkil etilgan jamoa o‘z tarixida ikki marta bankrotga uchragan va elitada juda kam ko‘rinish bergandi. Ikkinchi jahon urushidan avval faqat «V» seriyasigacha ko‘tarilgan, 1949 yilda ilk marta elitaga chiqib, 4 yil to‘p surdi. Dastlabki mavsumda «Komo» 6-o‘rinni egallagan bo‘lsada, keyingi 20 yilni yana «V» va «S» seriyalarida o‘tkazdi. Nihoyat, 2002 yilda jamoa yana oliy divizion vakiliga aylandi. Uning uy stadioni «Sinigalya» esa muxlislarning tartibsizliklari oqibatida diskvalifikasiyaga yuz tutdi. Keyin bankrot holati tufayli «Komo» professional futboldan chetlatildi va «S2» seriyasiga tushib ketdi. 2004 yilda yangi «Komo» shakllangan bo‘lsada, gerbi va liboslari o‘zgarishsiz qoldi. Yangi jamoa «D» seriyasida faoliyatini boshladi.

2016|17 yillar mavsumida klub iqtisodiy muammolarga duch kelib, bankrotga uchradi va auksionga qo‘yildi. To‘rtinchi auksionda klubni ganalik futbolchi Maykl Essyenning rafiqasi Akosua Puni Essyen xonim xarid qildi va Italiya futbolidagi dastlabki xorijiy biznesmen ayolga aylandi. Biroq IFF klubning 2017|18 yillar mavsumida «S» seriyasida ro‘yxatdan o‘tish arizasini qabul qilmadi. Faqat 2019 yilda, «D» seriyasidagi g‘alabadan ke­yin «Komo» professional futbolga qaytdi.

«Komo»ning zamonaviy tarixi va Italiyadagi eng badavlat sohiblari

Klub tarixidagi baxtli sahifa 2019 yilda ochildi. Shundan beri «Komo» Maykl Xartono va Robert Budi Xartono rahbarligidagi kompaniya tasarrufida. Aka-uka milliarderlar kutilmaganda cho‘kayotgan klubni xarid qilishdi. Ular klubni 200 ming yevrolik qarzi to‘lashdi, jamoa esa 2-ligaga chiqib oldi va barqaror o‘rtamiyona klubga aylandi.

Xartonolar oilasi tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Kompaniya aka-ukalarga otasidan meros bo‘lib qolgan. 1970-yillarda kompaniya xalqaro bozorga chiqqach, mamlakatdagi ko‘chmas mulklarni xarid qilishga kirishgandi. Tez orada Jakartadagi barcha yirik savdo markazlari aka-uka tasarrufiga o‘tdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Xartonolarning moliyaviy boyligi «A» seriyasi klublarining umumiy boyligidan ham ko‘proq - 47,3 milliard dollar. Eng yaqin bo‘lgan «Fiorentina» sohibining mablag‘i 8, 3-o‘rindagi «Roma» sohibiniki esa 6,4 milliardga teng. Silvio Berluskoni «Monsa»ni xarid qilgan davrida mablag‘i Xartononing boyligidan 6 baravar kamroq edi.

Izzattalab sohiblar klubga yulduz futbolchilar afsonalarni taklif etishmoqda. 2024 yilda «Chelsi» va «Milluoll»ning sobiq o‘yinchisi Dennis Uayz direktorlar kengashining maslahatchisi lavozimini egalladi. Sesk Fabregas esa «Komo»ning bosh murabbiyi.

«A» seriyasida jamoadan nimalarni kutish mumkin?

Hozirda «Komo» Italiya futbolining shov-shuvli jamoasi bo‘lib turibdi. Xartonolar shunchaki, elitada jon saqlash uchun kurashmoqchi emaslar. Axir ular ozmuncha kuch va mablag‘ sarflaganlari yo‘q, rejalari jiddiy. Qolaversa, «Komo» erkin agentlar bozorida ham faol harakatlanmoqda: Pepe Reyna, Alberto Moreno, Rafael Varan, Serxi Roberto, Niko Pas kabi nomi chiqqan o‘yinchilarni o‘z safiga jalb etishga ulgurdi. Ular aynan Fabregas taklifiga binoan kelishdi.

Parallel ravishda «Komo» jon saqlash uchun kurashadigan raqobatchilarini zaiflashtirdi. «Kalyari»ning ishonchli himoyachisi Andrea Dossena endi Sesk bilan hamkorlik qiladi, «Lechche» yetakchilaridan biri - Gabriel Strefessa ham shu yerda. Hujum chizig‘ini esa «Torino»dan ketganidan beri o‘z o‘rnini topa olmayotgan Andrea Belotti kuchaytiradi. Yanvarda klub yana xaridlarni davom ettirishi mumkin. Darvozada Reynaga «Marsel»dagi vatandoshi Pau Lopes raqobat qilishi mumkin. Chunki u Roberto de Zerbining rejasida yo‘q. O‘yinchi bilan kelishuvga erishilgan, lekin fransuzlar hozircha uning o‘rniga nomzod topa olmadilar. Himoya chizig‘iga Sesk «Chelsi» tarbiyalanuvchisi Alfi Gilkristni mo‘ljallamoqda, londonliklar uni ijaraga berish niyatidalar. Erkin agentlar orasidan «Komo» ikki nafar hujumchi - Antoni Marsyal va Memfis Depayga ko‘z tikmoqda.

Jamoaning «A» seriyasida o‘yin tajribasi yo‘qligini inobatga olganda, asosiy maqsadi elitadan mustahkam joy olish ekanligi o‘z-o‘zidan tushunarli. Faxriy o‘yinchilar jamoa ishonchini oshiradilar. Ishlari yurishib ketgan taqdirda ham, jamoaning yetakchi o‘nlikda bo‘lishiga ishonish qiyin, lekin o‘tgan mavsumdagi «Jenoa» kabi, mavsumni 12-pog‘onada yakunlashi mumkin. Nima bo‘lganda ham, Fabregasning «Komo»si zerikarli o‘yin ko‘rsatmaydi.

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:48, 08.09.2024.
O'qildi: 1488 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.