Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Orelyen Tchuameni jarohati sabab navbatdagi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin.
Futbolchi hali hamon oyog‘ida og‘riq sezmoqda. U shu sababli Fransiya terma jamoasi qaydnomasidan tushib qolgandi.
Katta ehtimol bilan Orelyen 14 sentyabrga belgilangan "Real Sosyedad"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.