Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ - Arsenal

Rodrigo: "Braziliya Neymarni sog‘inayotganini hamma ko‘rib turibdi"

Rodrigo: "Braziliya Neymarni sog‘inayotganini hamma ko‘rib turibdi"

Baho:
+ | -

Rodrigoning fikricha, Braziliya terma jamoasiga Neymar yetishmayapti.

"Al-Hilol" hujumchisi o‘tgan yilning oktabr oyida jarohat olgan. Neymarning qaytishi noyabr oyida kutilayotgani xabar qilingandi.

"Biz uni sog‘inayotganimiz hammaga ayon. U bizning asosiy yulduzimiz va eng yaxshi futbolchimiz. U yaxshi bo‘lishi va JCH-2026'da bizga yordam berishi kerak, shunda bizda g‘alaba qozonish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Uning ahvoli yaxshi, umid qilamizki, uning tiklanishi allaqachon yakuniy bosqichda. Bizga imkon qadar tezroq kerak.

Biz doimiy ravishda yozishib turamiz va endi u jamoa bilan mashg‘ulotlarga qaytmoqda. U ajoyib sherik. Kimningdir u haqida yomon gapirayotganini ko‘rib, afsuslanaman. U har doim menga yozadi, yordam beradi, men buni qadrlayman. U nafaqat futbolchi sifatida mening kumirim edi, balki o‘zini ajoyib inson ekanligini ham isbotladi", — dedi Braziliya va “Real” hujumchisi.

Kiritildi: 15:27, 10.09.2024.
O'qildi: 944 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик