«Barselona» hujumchisi Lamin Yamal avgust oyida Ispaniya La Ligasining eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi.
O‘tgan oy 17 yoshli Yamal Ispaniya chempionatining to‘rtta uchrashuvida qatnashib, bitta gol urdi va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi.
To‘rt turdan keyin «Barselona» 12 ochko bilan La Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.